Sayyor darslar davom etmoqda.
2025 yil 16-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Radjabov Ruslan Rajabmurodovich tomonidan Tarjima nazariyasi va amaliyoti(franszu tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-4 TNA 21 guruh talabalari bilan Buxoro shahrida joylashgan "Isteza" Fransuz madaniyat markazida sayyor dars tashkil etildi.
Madrasa tarixi talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.
Naql qilinishicha, Muhammad Nabi farzandlari bilan janjallashib qolganidan soʻng uyini madrasaga aylantirishga ahd qiladi va buni vaqf tarzida rasmiylashtiradi. Biroq keyinchalik oʻgʻillari bilan yarashib, qaroridan qaytmoqchi boʻladi. Lekin vaqf mulkiga aylangan mol-davlat birovning mulki boʻla olmasligi sababli u maqsadiga yetisholmaydi va bundan qattiq afsuslanadi. Shuning uchun xalq orasida bu madrasa Pushaymon madrasasi yoki Istehzo (Isteza) madrasasi deya atala boshlaydi...
Ushbu madaniy markazning bosh ofisi Parijda joylashgan bo`lib, uning Buxorodagi filialiga Irina Mavlanova rahbarlik qiladi. Tashrif davomida Irina Mavlanova ushbu madaniy markaz faoliyati haqida talabalarga fransuzcha ma’lumotlar berdi. Mashg'ulot chog`ida talabalar Fransiyada ta`lim, Fransiyaning urf-odatlari va o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob oldilar.