November 7, 2024

"Kitobxon talaba" loyihasi amalda. 

2024 yil 7-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d.(PhD) N.B.Kuldashova tashabbusi bilan "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida 3-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1FRA-22 guruh talabalari hamrohligida Xorijiy tillar fakulteti kutubxonasiga tashrif buyurildi. Faol, kitobxon talabalarga Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarini o‘ qish tavsiya etilgan edi. Davra suhbati davomida mazkur asar muhokama qilindi.

Talabalar o'zbek adabiyoti yorqin namoyondalari, ularning hayot va ijod yo'li haqida ma'lumot almashdilar. Xususan, taniqli yozuvchi Tog'ay Murod asarlari, ularda ifoda etilgan milliy va madaniy tushunchalar kitobsevarlar xotirasiga muhrlanishi shubhasiz.

Davra suhbatida adibning "Otamdan qolgan dalalar" asari qizg'in muhokama qilindi.

Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.

Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari — toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson — bosh qahramon Dehqonqul tilidan soʻzlab beriladi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.