April 16

“ Nutq vaziyatlarini modellashtirish orqali dastlabki bosqichda muloqot ko'nikmalarini shakllantirish” mavzusida master-klass mashg'uloti o'tkazildi.

2025-yil 12-aprel sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi N.I.Xayatova tomonidan " Nutq vaziyatlarini modellashtirish orqali dastlabki bosqichda muloqot ko'nikmalarini shakllantirish " mavzusida master-klass tashkil etildi.

Ma'ruzachi Nigina Xayatova 2025-yi mart oyida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida malaka oshirish kursida tahsil olib qaytdi.

Ushbu mavzu til o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda yoki talabada boshlang‘ich bosqichdayoq samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Ayniqsa, chet tilini o‘rgatishda bu yondashuv muhim hisoblanadi.

Muloqot kompetensiyasi – bu faqat grammatik bilimlar emas, balki real hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri, erkin va samarali muloqot qila olish qobiliyatidir. Buni shakllantirish uchun turli nutqiy vaziyatlarni modellashtirish – ya’ni o‘quvchilarni real hayotga o‘xshash suhbatlarga jalb qilish samarali usuldir.

Xulosa qilib aytganda, nutqiy vaziyatlarni modellashtirish – bu til o‘rgatishdagi interaktiv, zamonaviy va samarali yondashuv bo‘lib, u boshlang‘ich bosqichda ham muloqot kompetensiyasini shakllantirish imkonini beradi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.