December 10

"Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati!" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. 

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2024 yil 10-dekabr sanasida "Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati!" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Mazkur ma'rifat soatida kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD), dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Referendum ko‘p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilganligining ishonchli ifodasi bo‘ldi.
Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.