May 20

“Muzeylar – jonli tariximiz ko‘zgusi” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

2025 yil 20-may sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Muzeylar - jonli tariximiz ko'zgusi" mavzusida navbatdagi Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

1977 yildan boshlab har yili 18 mayda dunyodagi 150 ga yaqin davlatda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Bu haqda 1977 yilda Moskva va Leningrad shaharlarida o‘tkazilgan ICOM (International Council of Museums - Xalqaro muzeylar kengashi)ning XI konferensiyasida qaror qilingan edi.