November 16, 2024

"Talabalik davrim mening!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. 

2024 yil 16-noyabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabalari ishtirokida "Talabalik davrim mening" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari f.f.f.d.(PhD) N.Sh.Jo'rayeva hamda Sh.D.Xolova rahbarligida yuqori saviyada hamda ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.

Tadbir davomida bitiruvchi kurs talabalari o'zlari tahsil olayotgan universitetga bo'lgan mehr-muhabbatlarini izhor etdilar. Inson umrining oltin davriga qiyos etiladigan yoshlikni madh etuvchi she'r, qo'shiqlar ijro etdilar, go'zal raqslar hammaga yuqori kayfiyat ulashdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.