May 10

Talabalar Frankofon teatr festivaliga ishtirok etishdi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabalari Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2025-yilning 6-7-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 10-Frankofon teatr festivaliga faol ishtirok etishdi.

Joriy yilning festival mavzusi : “Ekologiya va barqaror rivojlanish”. Talabalar mazkur belgilangan mavzu bo'yicha 20 daqiqali sahnalashtirilgan tomosha bilan yig'ilganlar olqishiga sazovor bo'lishdi. Tayyorgarlik jarayonida ularga har tomonlama maslahat va tavsiyalar berib borgan Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsentlari f.f.f.d.(PhD) M.M.Jo'rayeva hamda f.f.f.d.(PhD) N.B.Kuldashova tadbir davomida ham ishtirokchilarimizga hamrohlik qilishdi.

Tanlov talablariga ko'ra, festivalda fransuz tilini o‘rganayotgan maktab, kollej va litsey o‘quvchilari hamda talabalar, shuningdek, til markazlari o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 7 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar qatnashish huquqiga ega bo'lgan ushbu tadbrida 11-1FRA-22 guruh talabalari Narzulloyeva Dilfuza, Mahmudova Maftuna, G'aybulloyeva Gulmira, Nasulloyeva Sabrina hamda G'aybulloyeva Gulshodalar jamoa sharafini himoya qilib, hakamlar va tomoshabinlarning yuksak e'tiroflariga sazovor bo'lishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.