February 22

Tarixiy qadamjolar bo'ylab sayyor dars.

Joriy yilning 21-fevral kuni Xorijiy tillar fakulteti, Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Radjabov Ruslan tomonidan 11-2 FRA-24 guruhi talabalari bilan Qadimiy va Navqiron Buxoro shahrining diqqatga sazovor hamda qadimiy yodgorliklari, Labi Hovuz ansanbli, Buxoro savdo toqlari va karvonsaroylari bo’ylab sayyor dars tashkil etildi.

Dars davomida talabalar qadimiy obidalar haqidagi ma’lumotlarni bayon qildilar. Dars so’ngida o’qituvchi tomonidan talabalarga o’zbek hamda fransuz tilida qo’shimcha qiziqarli ma’lumotlar berildi. Oʻylaymizki, bunday sayyor darslarning olib borilishi ularning kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida oʻzining ijobiy natijasini ko’rsatadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.