"Adjectif et sa place dans la phrase" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
2026-yil 3-may kuni Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti G.S.Hojiyeva tomonidan reja asosida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 11-9ing-24 guruhida Ikkinchi chet tili (fransuz tili) fanidan “Adjectif et sa place dans la phrase” (Sifat va uning gapdagi o‘rni)” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars amaliy mashg‘ulot bo‘lib, u noananaviy tarzda yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi. Ochiq darsda qo‘llanilgan “Juftlikda ishlash”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tezkor savol-javob” metodlari hamda Framapad.org va Kahoot.it onlayn platformalardan samarali foydalanilganligi bois talabalar yil davomida olgan amaliy bilimlarini ushbu dars asosida yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalarga fransuz tilidagi sifatlar, sifatlarda rod va son hamda ularning gapdagi o‘rni, grammatik ahamiyati xususida chuqur bilim berishdan iborat bo‘lib, til bilishning to‘rtta kompetensiyasi to‘liq qamrab oldi.
Turli tezaytishlar, audio-matnlar va interaktiv prezentatsiyalarga asoslangan ochiq dars yuqori saviyada tashkil etildi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishdi. Darsda faol qatnashgan talabalar o‘qituvchi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanganligi ulardagi motivatsiyani yanada oshirishga xizmat qildi.
Ochiq dars tahlilida Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.