June 3

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta'lim yo'nalishi talabalarining Malakaviy amaliyoti samarali davom etmoqda.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-4GHTF-22 guruh talabalari 2024-2025-o‘quv yili uchun belgilangan navbatdagi Malakaviy amaliyot jarayonini samarali davom ettirmoqdalar.

Talabalar Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi, ko'p yillik tajribali gid-tarjimon N.I.Hayatova rahbarligida Buxoro shahrining diqqatga sazovor manzillari bo'ylab tashriflar uyushtirib, nazariy bilimlarni amaliyotda faol qo'llash ko'nikmalariga ega bo'lmoqdalar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.