January 12

“Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi”

2025 yil 10-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Narzullayeva Dilfuza Bafoyevna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) 11-11 ING-23 guruh talabalari bilan 5 tashabbus doirasida Buxoro shahar Abu Ali Ibn Sino nomli kutubxonasida “Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi” mavzusida sayyor dars tashkil qilindi. D.B.Narzullayeva kitob va uning jamiyatda tutgan o’rni haqida talaba-yoshlarga ma’lumot berib o’tdi.

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.