January 18
Chor Bakr majmuasiga sayyor dars.
2025 yil 17-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi Tairova Mavluda Xamidovna tomonidan IV-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) 11-4 fra-21 guruh talabalari bilan Buxoroning diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lmish Chor Bakr majmuasiga sayyor dars tashkil etildi. M.X.Tairova Chor Bakr majmuasi haqida talabalarga ma’lumotlar berdi.
O'tkazilgan sayyor dars davomida talabalarga ushbu ansamblning qurilish tarixi, sabablari, bugungi kundagi faoliyati haqida ma'lumot berildi.