February 17

Bitiruv malakaviy ishlari tahliliy yig'ilishi o'tkazildi.

2026-yil 17-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasida Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili)ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 11-1Fra-22 hamda 11-2Fra-22 guruh talabalarining Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash jarayoni bo'yicha tahliliy yig'ilish o'tkazildi. Kafedra mudiri f.f.d(DSc), dotsent Y.B.Ro'ziyev hamda professor-o‘qituvchilar: f.f.d(DSc), professor M.H.Xamidova, f.f.f.d (PhD), dotsentlar N.B.Kuldashova, M.M.Jo‘rayeva, F.Z.G'aniyev va R.R.Radjabov tomonidan o'tkazilgan tahlil davomida talabalar ishning borishi, o'z ilmiy rahbarlari bilan chop etgan maqolalari haqida axborot berdilar.

Yig'ilish davomida Bitiruv malakaviy ishlarining ahamiyati borasida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan quyidagi fikrlar bildirildi: Bitiruv malakaviy ishi Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muhim ilmiy-amaliy bosqich hisoblanadi. Ushbu ish talabaning o‘qish jarayonida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va mustaqil ilmiy-tadqiqot olib borish salohiyatini namoyon etadi. Bitiruv malakaviy ishi orqali talaba fransuz tili leksikasi, terminologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini tizimli ravishda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi.