April 16

"La consommation saine" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti Lingvistika (Fransuz tili) mutaxasisligi 2-bosqich magistranti Yoʻldosheva Mohinur tomonidan 2025- yil 15-aprel kuni Filologiya va tillarni oʻqitish (fransuz tili) ta'lim yoʻnalishi 4-bosqich 11-1FRA-21 guruh talabalari bilan Chet tillarni oʻqitishning integrallashgan kursi fanidan "La consommation saine" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq darsda bir qator interfaol usullardan foydalanildi, koʻrgazmali qurollar, tarqatma materiallari hamda doskadan unumli foydalanildi. Dars davomida magistrlar ikki guruhga boʻlinib musobaqa tarzda quiz test, kahoot va boshqa interfaol metodlar tashkillashtirildi.

Amaliyotchi tomonidan mavzuga oid video hamda audio materiallar yordamida talabalarda Tinglab tushunish, Oʻqish, Yozish va Gapirish kabi til koʻnikmalarini yaxshilashga alohida e'tibor qaratildi.

Kichik guruhlarda musobaqa tarzida oʻtkazilgan ochiq ars oʻz maqsadiga erishdi.

Magistrning ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi professorlari: f.f.d ( Dsc) professor Xamidova Muborak Hafizovna, f.f.d.(DSc) Adizova Obodon Istamovna hamda 2-bosqich magistrantlari ishtirok etishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.