"Mener des débats sur les réseaux sociaux" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
2025-yil 12-aprel sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-1Fra-22 guruh talabalari ishtirokida Madaniyatlararo muloqot fanidan "Mener des débats sur les réseaux sociaux" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Mazkur ochiq dars davomida bir qator interfaol usullardan, turli ko'rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan unumli foydalanildi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarning bugungi kundagi ahamiyati va insonlar, xususan, yoshlar hayotiga ta'siri haqida taqdimot qilindi. Mavzuga oid audio material tinglab, interaktiv mashq bajarildi. Doskadan unumli foydalanildi. Talabalar kichik guruhlarda ishladilar ham o'z jamoalari sharafini himoya qildilar. Tanlangan mavzu fanning asosiy maqsad-mohiyatiga mos bo'lib, talabalarda zamonaviy yutuqlar va kelajakka tahdidlar borasida erkin muloqot ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ochiq dars tahlilida Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi mudiri f.f.f.d.(PhD), professor O.M.Fayzullayev, Fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.f.d(PhD), dotsent O.O.Bobokalonov, hamda kafedra o'qituvchilari N.I.Hayatova hamda L.B.Ikromova ishtirok etib, mashg’ulot yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.