Kutubxona-nurxona. Axborot-resurs-markazida sayyor dars.
2024 yil 19-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d.(PhD) Jo’rayeva Maqsuda Muxammadovna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta’lim yo’nalishi 11-3 FRA-23 guruh talabalari bilan o’qish va yozish ko’nikmasini shakllantirish, o‘qigan kitoblari yohud matnlari yuzasidan fikr almashish, yozish ko‘nikmasini egallash va malaka hosil qilish maqsadida axborot resurs markazida sayyor dars tashkil qilindi.
Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas.
Yozuvning paydo bo‘lishi va hujjatli manbalar, qo‘lyozma va keyinchalik bosma kitoblarning ko‘payishi kutubxonalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Buxoro davlat universitetining Axborot-resurs markazida ham barcha tillarda ko’plab xalqlarning turmush tarzi, madaniyati haqidagi turli xildagi kitoblar mavjud bo’lib, talabalar ulardan unumli foydalanib kelishmoqda.
Qadimdan kutubxonalardan ilm oluvchi ziyo maskani sifatida foydalanib kelingan. Bizning kutubxonamiz fondida ham nodir qo‘lyozma asarlar juda ko‘p. O‘qish-tafakkur manbai, yozish esa fikrlash kuroli sifatida biri ikkinchisini to‘ldiradi, shunday ekan talabalarda bunday mezonlarni yuksaltirish maqsadga muvofiqdir.