December 16, 2024

Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati.

Joriy yilning 14-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti 4-binosida Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi magistri S.I.Karimova va 11-1 Fra-24 guruh talabalari ishtirokida kitobxon yoshlar yig'ilishib, 5 tashabbus doirasida "Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati" nomli adabiy-badiiy davra suhbati o'tkazishdi. Tadbirda kafedra dotsenti M.M.Jo’rayeva, magistr va talabalar ishtirok etib, jahon durdonalaridan Ernest Hemingueyning “Chol va dengiz” asarini tahlil qilishdi.

Talabalar mashhur yozuvchi Ernest Xemengueyning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma'lumotlar aytishdi. Amerikalik yozuvchi Ernest Hemingwayning 1952-yilda Bagama orollarining Bimini shahrida yozilgan romani. Muallifning hayoti davomida nashr etilgan soʻnggi badiiy asari. Kubalik baliqchi keksa Santyagoning hayotidagi eng katta oʻljaga aylangan ulkan marlin turidagi baliq bilan ochiq dengizda kurashi haqidagi ma’lumotlarni talabalar batafsil bayon qilishdi.

Suhbat davomida talabalarning o'ziga bo'lgan ishonchini yanada oshirish uchun turli xil psixologik o'yinlardan foydalanildi."Tezkor savol-javob" , "Kim chaqqon","Qiziqarli rebus" metodlarda talabalar ishtirok etishdi. Debat yakunida faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar ulashildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.