February 25

Fransuz filologiyasi kafedrasida Ma'rifat soati o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyai kafedrasida 2025 yil 25-fevral kuni “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli” mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Ma'rifat soatida kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.