November 15, 2024

“Kitobxon talaba” loyihasi davom etmoqda.

2024 yil 15-noyabr sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi F.S.Nasimova 11-1TNF 24 guruhi talabalari bilan birgalikda Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarini muhokama qilish maqsadida davra suhbati tashkil etdi. Faol, kitobxon talabalarga Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarini o‘qish tavsiya etilgan edi. Davra suhbati davomida mazkur asar muhokama qilindi.

Talabalar o'zbek adabiyoti yorqin namoyondasi Tog’ay Murodning hayot va ijod yo'li haqida ma'lumot almashdilar. Xususan, taniqli yozuvchi Tog'ay Murod asarlari, ularda ifoda etilgan milliy va madaniy tushunchalar kitobsevarlar xotirasiga muhrlanishi shubhasiz.

Otamdan qolgan dalalarromanida Oʻzbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan oʻzbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi ogʻir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul oʻzbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga koʻtarilgan. U boshiga yogʻilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur boʻlsada, oʻz insoniy shaʼni, qadr-qimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Asar asosida badiiy film yaratilgan

Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat.

Dehqonqul shu tashvishlar bilan band boʻlib oilasiga, farzandlariga ham eʼtibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida „Paxta ishi“ sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi.

Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: „Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman“!

Fransuz filologiyasi kafedrasi.