February 18

Fransuz filologiyasi kafedrasida kitobxonlik tadbirlari davom etmoqda.

2025 yil 17-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi tomonidan Xorijiy tillar fakulteti kutubxonasida "Kitobxon talaba" loyihasi asosida "Kitobxonlik - barcha bilimlarning asosi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri, f.f.f.d.(PhD) O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan.

Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir.

Davra suhbati davomida talaba va o'qituvchilarning kutubxonadan foydalanish holati, fransuz tilidagi ilmiy va o'quv adabiyotlar fondi, yangi qo'llanmalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasining 2025 yil fevral oyiga mo'ljallangan Ma'naviy-ma'naviy tadbirlar rejasiga muvofiq mutolaaga tavsiya qilingan Oybekning “Qutlug‘ qon”, Shuhratning “Oltin zanglamas” hamda Chingiz Aytmatovning “Jamila” asarlari muhokama qilindi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.