Pedagogik amaliyot jarayonlari boshlandi.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasiga qarashli Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-1,2,3Fra-22 guruh talabalari 2025-yil 4-sentabr sanasidan boshlab Pedagogik amaliyot o'tashlari belgilangan. Shu munosabat bilan kafedraning mas'ul professor-o'qituvchilari hamda talabalar ishtirokida dastlabki yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda talabalarning navbatdagi 7-semestrda 15 haftaga mo'ljallangan pedagogik amaliyoti masalasida keng ma'lumot berildi. Mazkur jarayon uchun Fransuz filologiyasi kafedrasining bir qator tajribali professor-o'qituvchilari rahbar etib tayinlangan. Ular tomonidan talabalarga amaliyot o’tash bosqichlari, muddati, kundalik, tahlil va hisobotlarni yozish tartibi bo’yicha ma’lumot berib o’tildi.