January 10

Ochiq seminar mashg'uloti samarali o'tkazildi. 

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kaferdasi o'qituvchisi N.I.Hayatova tomonidan 2024 yil 8-yanvar sanasida 3-bosqich Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-7TNA-22 guruh talabalari bilan Ikkinchi chet tili nazariyasi fani bo'yicha "Outils technologiques pour l'enseignement et l'apprentissage du FLS" mavzusida ochiq seminar mashg'uloti o'tkazildi.

Ochiq darsda talabalar tomonidan tayyorlab kelingan taqdimotlar namoyish etilib, unda keltirilgan ma'lumotlar keng tahlil qilindi. Talabalar mavzular yuzasidan o'zaro savol-javob tashkil etdilar, dars o'z maqsadiga erishdi.

Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari Sh.R.To'yboyeva hamda Sh.D.Xolova ishtirok etishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.