"Varnet" bog'iga ma'naviy-ma'rifiy tashrif.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabalarining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi N.I.Hayatova tomonidan 2024 yil 1-dekabr kuni Romitan tumanida joylashgan "Varnet" bog'iga ma'naviy-ma'rifiy tashrif amalga oshirildi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 10 iyuldagi qarori bilan «Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan edi. Bu zona uchun Jondor, Kogon, Peshku, Romitan va Buxoro tumanlaridan 3 ming gektar yer ajratilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jalb etgan holda, klaster tizimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish uchun keng sharoit yaratildi.
Buxoro Varnet” korxonasi ham ana shu qaror ijrosi doirasida ishga tushirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 120 million dollardan ziyod bo‘lib, bu mablag‘ning hammasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar tashkil etadi. Korxona uchun qariyb 113 gektar yer ajratilgan. Yillik quvvati 33,8 ming tonnaga teng bo‘lib, jami 2 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan.
Bugungi kunda ulkan zamonaviy agrosanoat majmuasiga aylangan “Buxoro Varnet” korxonasida dastlab faqat issiqxona ishga tushirilgan bo‘lsa, endilikda uning yonida o‘quv markazi, laboratoriya hamda issiqxonalar uchun konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxona ham tashkil etilgan. Ayni paytda zamonaviy issiqxonalar uchun nimaiki kerak bo'lsa, barchasi shu yerda tayyorlanmoqda.