Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi magistrantining MDI himoyasi o'tkazildi.
Joriy yilning 21 yanvar sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 70230101 – Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi magistranti Karimova Saodat Isroiljonovnaning magistrlik dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Magistrlik dissertatsiya ishi himoyasida universitet rahbariyati, Magistratura bo'limi, taqrizchilar hamda Fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri, f.f.f.d. (PhD), dotsent O.O. Bobokalonov, Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d. (DSc) O.I.Adizova,Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d. (DSc) M.H.Xamidov, Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. (PhD) N.B.Kuldashova, Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d. (PhD) M.M.Jo‘rayeva, kafedra professor-o'qituvchilari qatnashdilar.
Himoya jarayoni yuqori saviyada, savol-javoblar bilan davom etdi. MDI bo‘yicha magistrant magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi. Himoyadan soʼng komissiya aʼzolari talabani tabriklashdi va kelajakdagi faoliyatiga omad tilashdi.
MD himoyasi nihoyasiga yetdi va magistrant 90 ball bilan baholandi.