“La voix active et la voix passive du verbe” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi F.I.Rustamova tomonidan 2025-yil 14-noyabr kuni Filologiya va tillarni o‘qitish(ingliz tili) taʼlim yo‘nalishi 3-bosqich 11-1INGK-23 guruhida Ikkinchi chet tili fanidan "La voix active et la voix passive du verbe" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq darsning maqsadi talabalarga fe’lning aniq (active) va majhul (passive) nisbatlari haqida sodda va tushunarli bilim berish, gaplarni ikki nisbatda tuzish ko‘nikmasini shakllantirish hamda mavzuni amaliy jarayonda qo‘llash edi. Dastlab talabalar aniq va majhul nisbatning mazmuni, tuzilishi va qo‘llanilish holatlari bilan tanishtirildi. Misollar orqali active va passive gaplarning farqi ko‘rsatildi. Shundan so‘ng, talabalar kichik guruhlarga bo‘lingan holda, berilgan oddiy gaplarni passiv shaklga o‘tkazish, rasm asosida gap tuzish va “Qui fait l’action?” nomli mini-o‘yinda qatnashishdi. Dars jarayonida talabalar o‘z fikrini mustaqil bayon qilish, grammatik strukturalarni og‘zaki va yozma tarzda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar.
Pedagogik texnologiyalar va multimediyadan foydalangan holda olib borilgan dars talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Dars yakunida faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi va mavzu bo‘yicha umumiy xulosa chiqarildi. Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari M.X.Tairova, N.N.Abdullayeva va L.B.Ikromovalar ishtirok etishdi.