December 14, 2024

“Consommation responsable” mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi M.X.Tairova tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) ta’lim yo’nalishi III-bosqich 11-1FRA-22 guruhida 2024 yil 13-dekabr kuni Madaniyatlararo muloqot fanidan “ CONSOMMATION RESPONSABLE ” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi, professori f.f.d.(DSc) O.I Adizova, N.N.Abdullayeva, Sh.D.Xolova, f.f.f.d.(PhD) M.H.Jabborova kabi professor-o’qituvchilar hamda bir qator magistrantlar ishtirok etishdi.

Dars davomida savol-javob, tarqatma va ko’rgazmali vositalardan foydalanish, darsga doir video rolik ko’rsatish orqali talabalar faolligi oshirildi. Yangi mavzu yuzasidan talabalar fikrlari tinglandi.
Mavzu bo’yicha talabalar leksikasini chuqurroq bilish uchun yangi so’zlarni o’rganib oldi. Uyga vazifa berildi, talabalar baholandi va dars yakunlandi. Dars so’ngida kafedra o’qituvchisi Sh.D.Xolova va qolgan professor-o’qituvchilar dars haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar .

Fransuz filologiyasi kafedrasi.