February 10

Kelajak soati - Ma'rifat darsi o'tkazildi.

2026-yil 10-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d(DSc) M.H.Xamidova tomonidan 11-1,2,3Fra-24 hamda 11-1,2Tnf-24 guruhlarida “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida navbatdagi Kelajak soati - Ma'rifat darsi o'tkazildi.

Alisher Navoiy – turkiy adabiyot asoschisi, so‘z mulkining sultoni, insonparvarlik va adolat g‘oyalarining buyuk targ‘ibotchisi bo‘lsa, Zahiriddin Muhammad Bobur – shoir, tarixchi, sarkarda va davlat arbobi sifatida jahon sivilizatsiyasida o‘chmas iz qoldirgan siymodir. Ularning har ikkisi ham nafaqat o‘z davrining, balki bugungi kunning ham ma’naviy ustunlari hisoblanadi.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur buyukligini anglash uchun ularning faoliyatini faqat ijodi orqaligina baholash kamlik qiladi. Shubhasiz, ularning ijodi yetuk va hayratlarga loyiq. Ammo bu ikki ulug‘ siymo o‘z davrida davlat boshqaruvi, jamiyat taraqqiyoti, axloqiy me’yorlar va insonparvarlik g‘oyalarini qaror toptirishga nafaqat so‘zi, balki amaliy harakatlari bilan ham katta hissa qo‘shishgan. Ularning har biri o‘ziga xos yo‘l bilan xalq manfaatiga xizmat qilgan va tarix sahnasida chuqur iz qoldirgan.