Milliy do'ppi chorlovi kuni.
2025-yil 11-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi R.R.Radjabov tashabbusi bilan kafedra mudiri f.f.f.d(PhD)O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirokida "Milliy do'ppi chorlovi" tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekistonda do‘ppi nafaqat kiyimning bir jihati, balki xalq madaniyatining tarkibiy qismidir. Bugungi kunda shaharliklarning boshida do‘ppini faqat ayrim holatlarda: oilaviy tantanalar, dafn marosimlari yoki bayramlarda ko‘rish mumkin. Ammo bundan bir necha o‘n yillar oldin do‘ppi O‘rta Osiyoda asosiy bosh kiyim turi bo‘lgan. Uni erkaklar va ayollar, bolalar va qariyalar kiyardi. Va har bir mintaqada do‘ppilar o‘ziga xos farqli jihatlarga ega bo‘lgan. Shartli ravishda do‘ppilar bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Bular: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm-Qoraqalpoq va Qashqadaryo-Surxondaryo do‘ppilaridir. Shuningdek, do‘ppilar bayrambop, diniy va kundalik bo‘ladi. Ushbu milliy bosh kiyimi yumshoq yoki qattiq matodan tikilib, kashta yoki munchoqlar bilan bezatiladi, unga yumaloq yoki kvadrat shakl beriladi.