December 3, 2024

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni.

Aytish joizki, 1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e'lon qilingan. Har yili mazkur sana doirasidagi tadbirlar o'tkaziladi. Shu munosabat bilan bugun Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi M.M. Jo’rayeva hamda 11-4 GHTF-22 guruh talabalari "3-dekabr Xalqaro nogironlarni himoya qilis kuni" munosabati bilan “ Bunyodkor” mahallasida bo’lib, mahalla raisi bilan birgalikda shu mahallada istiqomat qilayotgan yolg’iz, yoshi ulug’ va nogiron oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ular holidan xabar olishdi.

“Xalqaro nogironlar kuni”ga bag'ishlab o'tkaziladigan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.