« Problèmes du tourisme en Ouzbékistan et en France » mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
2024 yil 7-dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d.(DSc) O.I.Adizova tomonidan Lingvistika (Fransuz tili) magistratura mutaxassisligidagi 10-1Fra-24 guruhida Ilmiy faoliyatga yo'naltirilgan chet tili fanidan « Problèmes du tourisme en Ouzbékistan et en France » mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Dars davomida turli interfaol metodlardan amaliy foydalanildi, mavzu yuzasidan talabalar faolligi oshirildi. Dars o’tish bosqichlariga rioya qilindi, kirish qismi, o’tilgan mavzu yuzasidan mustahkamlash uchun interaktiv mashg’ulotlar o’tkazildi.
Dars to’liq fransuz tilida olib borildi. Yangi mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlangan, yangi, qiziqarli va foydali ma'lumotlar berildi. Talabalarning har biriga bir necha marta murojaat qilinib, xorijiy tilda so'zlashga yo'naltirildi. Mavzu yuzasidan audio tinglandi va dialog yuzasidan mashq va testlar ishlandi. Tinglangan audio material mazmuniga mos grammatik qoida takrorlanib, jumlalar tuzildi. Dars oxirida “Tabou” o’yini tashkil etilib, magistrantlar Gapirish ko’nikmasi rivojlantirildi. Darsda ko’zlangan maqsadga erishildi.
Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari: f.f.f.d.(PhD) dotsent Kuldashova N.B., f.f.f.d.(PhD) dotsent M.M.Jo'rayeva, f.f.f.d.(PhD) katta o'qituvchi M.X.Jabbarova. D.B.Narzulloyeva, F.I.Rustamova, Sh.D.Xolova hamda L.B.Ikromovalar ishtirok etib, yakunda o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.