Ikki xalq madaniyati tutashgan go'shada amaliy mashg'ulot.
2025 yil 21-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Majidova Laziza Baxtiryorovna tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-12Ing-23 guruhi talabalari uchun "Isteza" Fransuz madaniyat markazida noan'anaviy dars tashkil etildi.
Milliylik va zamonaviylik uyg'unlashgan bu go'shada talabalar Fransiya va fransuz madaniyati haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Ushbu madaniy markazning bosh ofisi Parijda joylashgan bo`lib, uning Buxorodagi filialiga Irina Mavlanova rahbarlik qiladi. Tashrif davomida Irina Mavlanova ushbu madaniy markaz faoliyati haqida talabalarga so’zlab berdi. Mashg'ulot chog`ida talabalar Fransiyada ta`lim, Fransiyaning urf-odatlari va o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob oldilar.