"Buxoro Eyfeli"da sayyor o'quv mashg'uloti.
2024 yil 20-dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti Jo’rayeva Maqsuda Muxammadovna tomonidan Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-4 GHTF-22 guruh talabalari bilan Buxoro shahridagi Shuxov minorasida sayyor dars tashkil etildi.
Buxoroning ko‘plab diqqatga sazovor joylari orasida, mashhur Ark qalʼasi ro‘parasida, 1929 yilda rus olimi, muhandis va ixtirochi Vladimir Shuxov tomonidan qurilgan minora saqlanib qolgan.
Minora uzoq vaqt Buxoroning suv taʼminoti sifatida xizmat qilgan bo‘lib, 1975 yilda yong‘in sodir bo‘lish oqibatida minoraning yog‘och qoplamasi yonib ketgan.
Qurilish dizayni juda qiziq - hech qanday yordamsiz metall chiziqlar poydevorning ushlab turuvchi halqasidan yerga tushadi va minoraning o‘zi bir-biriga yopishtirilgan alohida bloklar tarmog‘iga o‘xshaydi. Tuzilishning barqarorligi va yengilligi shamolga qarshi turishga imkon beradi.
Hozirgi kunda minora qayta tiklanib, sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Birinchi va ikkinchi qavatlarda kafe va restoran bor, uchinchi qavatdan esa shahar markazining tarixiy manzarasini tomosha qilish mumkin.
Talabalar uchun bu juda qiziqarli bo’ldi, va ular o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, bunday sayyor darslar talabalardagi gapirish ko’nikmasining rivojlanishiga yordam beradi.