April 20

Sayyor dars o'tkazildi.

2026-yil 20-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili)ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 11-9Ing-23 guruh talabalari bilan Bookhara books kitoblar olamida sayyor dars tashkil etildi.

Har birimiz, qaysi kasb egasi bo‘lmaylik, imkon va sharoitimizdan kelib chiqib, kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo‘lamiz. O‘lchovli hayotimizning ma’lum bir qismini shunga sarf qilamiz. Ammo qanday kitob o‘qish, uning ta’sir va oqibatlari, umuman, nega kitob o‘qiymiz, shular haqida barchamiz ham chuqurroq o‘ylab ko‘rmaymiz. Sayyor dars davomida talabalarga kitob mutolaasining inson ruhiyatiga ijobiy ta'sirlari, yoshlar ta'lim tarbiyasida tutgan o'rni haqida ma'lumot berildi. Talabalar esa fransuz adabiyoti namunalarini qiziqish bilan o'qib chiqmoqchi ekanliklarini aytishdi. Zero, kitob bizni ezgulikka yo'naltiruvchi yo'lboshchidir!

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi.