April 9

Tarixiy shahar bo'ylab sayyor dars.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori f.f.d.(DSc) Adizova Obodon Istamovna va 2-kurs magistranti Gulyamova Ruxangiz Kozimovna tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-3Fra-22 guruh talabalari ishtirokida 2025-yil 7-aprel kuni Madaniyatlararo muloqot fanidan sayyor dars tashkil etildi.

Buxoro shahrining diqqatga sazovor manzillari bo'ylab o'tkazilgan ushbu sayyor dars davomida talabalar ogʻzaki nutqini rijovlantirish va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida turli yodgorliklarning tarixi haqida suhbatlar o'tkazildi. Bundan tashqari, fransiyalik mehmonlar bilan tanishib, ular bilan Oʻzbekistonning meʼmoriy yodgorliklari mavjud boʻlgan koʻplab shaharlar haqida qizgʻin suhbatlar olib borildi. Talabalar dars davomida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.