Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari navbatdagi nufuzli Xalqaro vebinarga faol ishtirok etdilar.
2024 yil 19-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri dotsent O. Bobokalonov rahbarligida kafedra professor-o‘qituvchilari professorlar M.Xamidova, R.Bobokalonov, O.Adizova, dotsentlar M.Jo'rayeva, N.Kuldashova, katta o'qituvchi M.Jabbarova hamda fransuz tili bo'yicha ekspert o'qituvchilar Sh.Xolova, Sh.To'yboyeva, B.Sayfulloyev, D.Narzullayeva, F.Rustamova, F.Nasimova va boshqalar "Ici on parle français", un réseau pour dynamiser l’envie de travailler en français mavzusidagi xalqaro vebinarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Fransiyaning Nitsa shahridagi Kot-d'Azur univeristeti hamda Frankofoniya (Francophonia) oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan mazkur vebinarda o‘qituvchilarimiz fransuz tilini o'qitishda fonetikaning o'rni, til o'rganuvchilarni to'g'ri talaffuzga o'rgatish masalalari, bu borada joylardagi Fransuz Alyanslarining roli haqidagi qimmatli ma'lumotlar bilan tanishdilar.
💡 Vebinarning asosiy jihatlari:
➡️til o'rganuvchilarda fransuz tilini o'zlashtirish istagini yanada oshirish;
➡️Ta'lim muassasalari, xususan, xorijiy tillarga ixtisoslashgan institutlarga Ici on parle français dasturi bilan hamkorlikni taklif etish va bundan o'zlarining shuhratini, muloqot va fransuz tilini o'rganish istagini oshirishda foydalanish;
➡️Talabalarga moslashtirilgan individual ta’lim berish imkoniyatlari.
👩🏫 Trener haqida:
Italiyaning Padoue sharidagi Fransuz Alyansi direktori hamda Italiyadagi Fransuz Alyanslari Federatsiyasi Ilmiy va texnik qo'mitasi a'zosi Magali Boureux xonim ko'p yillik tajribaga ega, fransuz tilini chet tili sifatida o'qitish bo‘yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Uning boy tajribasi Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilariga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirishga imkon berdi.
Yuqori saviyada o'tgan vebinat Francophonia yetakchi mutaxassisi Halyna Kutasevych moderatorligida samarali tashkil etildi. Unda markaz direktor o'rinbosari David Ayache ham so'z olib, Fransuz tilini chet tili sifatida o'qitishda o'qituvchilarning o'rni, xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida fikr bildirdi. Mazkur ishtirok bizning ta’lim jarayonlarimizni modernizatsiya qilishda muhim qadam bo‘lib, xalqaro tashabbuslar bilan uyg‘un ravishda sifatli ta’limni ta’minlashga intilishimizni yana bir bor tasdiqladi.