April 8
ISTEZA fransuz madaniyat markazida sayyor dars.
2025 yil 2 aprel kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.doktori Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan I-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish 11-3 FRA-24 guruh talabalari bilan Adabiyotshunoslik fanidan sayyor dars tashkil etildi. Talabalar dars jarayonida fransuz tilida muloqot qildilar. Dars davomida talabalar o’zlari o’qigan asarlarni fransuz tilida gapirib berdilar. Fransuz tilida sherlar aytishdi.Bu sayyor dars talabalarga katta taassurot qoldirdi.