May 7

“ Français énergiques” (“Faol fransuzlar ”) to‘garagi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

2026-yil 6- may kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) M.X.Jabbarova tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish(fransuz tili) ta’lim yo’nalishi 11-1Fra-22 guruhi talabalari bilan “Paris – la plus belle ville du monde” mavzusida navbatdagi to’garak mashg’uloti olib borildi. Amaliy mashg’ulotda o’qituvchi va talabalar Parij - dunyodagi eng go'zal shahar haqida ma’lumotlar berib o’tiishdi.

Parij ko'pincha dunyoning eng go'zal va maftunkor shaharlaridan biri deb tan olinadi. Fransiya poytaxti bo'lgan ushbu shahar o'zining tarixi, madaniyati, san'ati va arxitekturasi bilan millionlab sayyohlarni o'ziga jalb qiladi. Haqiqatan ham, Parij ko‘p yillardan buyon dunyodagi eng go‘zal va romantik shaharlardan biri deb tan olinadi. Uni bejizga "Nurlar shahri" (La Ville Lumière) deb atashmaydi.

Bu shaharning o‘ziga xos jozibasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Me’morchilik: Eyfel minorasi, Luvr muzeyi, Notr-Dam ibodatxonasi va Zafar darvozasi kabi tarixiy obidalar shaharga ulug‘vorlik bag‘ishlaydi. San’at va madaniyat: Dunyodagi eng yirik san’at maskanlari va ko‘cha rassomlari Parijni ijodkorlar markaziga aylantirgan. Sena daryosi bo‘yidagi sayrlar, shinamgina kafelar va kruchasiz (shovqinsiz) tor ko‘chalar o‘zgacha kayfiyat ulashadi. Parij jahon modasi poytaxti hamda mazali pishiriqlari (kruassan, makaron) bilan mashhur.

Talabalar Parij - dunyodagi eng go'zal shahar haqida o’z fikr mulohazalarini bildirishdi. Mashg’ulot savol- javob tarzda olib borildi. Bu to’garak mashg’uloti talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi.