Malakaviy amaliyot jarayoni davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqichda tahsil olayotgan talabalar Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Radjabov R.R., Jo‘rayeva M.M. hamda Rustamova F.I. rahbarligida 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan Malakaviy amaliyotni davom ettirmoqdalar.
11-1FRA-22,11-2-FRA-22 va 11-3FRA-22guruh talabalari amaliyotning 1-haftasini belgilangan reja asosida o‘tkazishdi. Kafedra mudiri f.f.f.d(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov hamda professor-o‘qituvchilar Radjabov R.R., Jo‘rayeva M.M. hamda Rustamova F.I. talabalarga malakaviy amaliyotni o‘tash bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tishdi. Talabalar malakaviy amaliyot davrida tavsiya etilgan mavzular doirasida dars davomida adabiyotlarni o‘qib, ulardan amalda foydalanishni o‘rganishdi.
Talabalar mazkur amaliyotning dastlabki haftasida Buxoro tarixi, uning muqaddas qadamjolari, tarixiy obidalar haqida nazariy bilimlarni o‘rgandilar. Darslar jarayonida belgilangan mavzular doirasida taqdimotlar o‘tkazilib, video materiallar bilan tanishtirildi. Darslarda talabalar juda faol ishtirok etdilar. Talabalarda Buxoro shahridagi diqqatga sazovor joylar, tarixiy obidalar haqida fransuz tilida gapirib berish ko‘nikmasi shakllantirilmoqda.
Amaliyotning keyingi haftasida faol amaliyot mobaynida Buxoroning muqaddas qadamjolariga tashriflar rejalashtirildi.