Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati.
2025 yil 11-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Narzullayeva Dilfuza Bafoyevna tomonidan II-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-11ING-23 guruh talabalari bilan 5 tashabbus doirasida Buxoro davlat universiteti Axborot resurs markazida ‘‘Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati’’ mavzusida sayyor dars tashkil qildi. Sayyor dars davomida kitob va uning jamiyatda tutgan o’rni haqida talaba-yoshlarga ma’lumot berib o’tdi.
Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha barobar koʻp miqdorda samarali ishlar amalga oshmoqda. Ma’naviy barkamol kitobxon avlod tarbiyasida har bir oʻquv dargohi muhim va mustahkam poydevor bo'lib hisoblanadi.