March 29

Ma'rifat darsi tashkil etildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova tomonidan fakultetdagi 11-5,6,9,10 Ing-23 guruh talabalariga "Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari" mavzusida "Ma'rifat darsi" tashkil etildi.

Soʻnggi yillarda olib borilgan islohotlar samarasi oʻlaroq, mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks tizimi yaratildi. Bilimli, keng dunyoqarashga ega vatanparvar yigit-qizlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi. Yoshlarga muammo emas, rivojlanishning asosiy drayveri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi, yangi gʻoyalarning dadil tashabbuskori, xalqimizning tayanchi va suyanchi sifatida yondashilmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda Prezidentimizning yoshlar siyosati, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, yutuqlarini e'tirof etish maqsadida ta'sis etilgan orden, medal va mukofotlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, universitetimizdagi ta'lim-tarbiya jarayonlari, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ustoz-shogird an'anasini rivojlantirish to'g'risida fikrlar almashildi. Xulosa qilib aytganda, yosh avlodning bilimli, kasb-hunarli, hur fikrli boʻlib voyaga yetishi, munosib daromad topishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyat yaratib berildi. Oʻzbekistonning yoshlar bilan ishlash borasidagi tajribasi noyob hisoblanib, xorijiy mamlakatlarning yoshlar tashkilotlari va ekspertlarining eʼtirofiga sazovor boʻlib kelmoqda. Mamlakatimiz yoshlar mamlakati sifatida xalqaro maydonga chiqmoqda!

Fransuz filologiyasi kafedrasi.