Buxoro "Kitoblar olami" da sayyor dars.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi L.B.Ikromova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 11-2ING-23 guruh talabalari bilan Ikkinchi chet tili fanidan 2025 yil 20-fevral kuni Buxoro shahrida joylashgan “Kitoblar olami”da sayyor dars tashkil etildi.
Kitob olamiga talabalar bilan sayyor dars tashkil qilindi. Shuningdek, dars davomida talabalar fransuz yozuvchisi Gi de Mopassanning “Azizim” (fransuzcha: Bel-Ami) romanidan parchalar o’qidilar. Ushbu roman yuqori martabaga koʻtarilishni orzu qiluvchi qahramonning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Asar bosh qahramoni hech qanday alohida isteʼdodga ega boʻlmasa-da, birgina kelishgan tashqi koʻrinishi orqali har qanday xonimning qalbini zabt eta oladi. Bundan tashqari, turli sohalarga oid ilmiy, publitsistik, badiiy asarlar, shuningdek, maktab darsliklarini o'zida jamlagan boy kitoblar fondi bilan tanishdilar.