Viloyat Axborot kutubxona markazida sayyor dars.
2025-yil 25-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 11-3 FRA-23 guruh talabalari ishtirokida O'qish va yozish amaliyoti fanidan sayyor dars tashkil etildi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida tashkil etilgan sayyor darsda kitob mutolaasining ahamiyati haqida fikr almashildi.
Har birimiz, qaysi kasb egasi bo‘lmaylik, imkon va sharoitimizdan kelib chiqib, kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo‘lamiz. O‘lchovli hayotimizning ma’lum bir qismini shunga sarf qilamiz. Ammo qanday kitob o‘qish, uning ta’sir va oqibatlari, umuman, nega kitob o‘qiymiz, shular haqida barchamiz ham chuqurroq o‘ylab ko‘rmaymiz.
Mashg'ulot davomida talabalarga jahon adabiyoti durdona asarlari o'qish uchun tavsiya qilindi.