November 16, 2024

Magistrlar bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir.

2024 yil 15-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 1-bosqich magistratura mutaxassisligi talabalari bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlarida berilgan vazifalarning Yangi O’zbekiston yoshlariga yetkazilish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Mazkur tadbir Fransuz filologiyasi kafedrasi professorlari, f.f.d.(DSc) M.X.Hamidova hamda f.f.f.d.(PhD) O.I.Adizova tomonidan tashkil etildi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir davomida magistrantlar Yangi O'zbekiston gazetasida chop etilgan Oliy ta'lim tizimiga xos yangiliklar bilan tanishtirildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.