October 17

Fransuz kino festivali - Buxoroda.

2026-yil 16-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetining bir guruh talabalari Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova rahbarligida Fransuz kino festivali doirasida navbatdagi film namoyishiga ishtirok etishdi.

Buxoroda Fransiya madaniyati oyligi doirasida tashkil etilgan Fransuz kino festivali ko'plab til ixlosmandlarini katta ekran qarshisiga chorladi: Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar bog'ida 12-16-oktabr kunlari fransuz kino san'atining klassik komediyalari namoyish etildi. Unda Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 11-1Fra-26, 11-2Fra-26, 11-1Tnf-26, 11-2Tnf-26, 11-1Fra-24 guruhlari 1-3-bosqich talabalaridan tarkib topgan bir guruh til ixlosmandlari ham tashrif buyurib, fransuz tilida namoyish etilgan qiziqarli "L'aile ou la cuisse" nomli hajviy filmi tomosha qilishdi.

Aytish joizki, bunday tadbirlar xorijiy tillarni chuqur o'rganishni maqsad qilgan barcha til ixlosmandlari uchun foydali hisoblanadi. Xususan, Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan yoshlarga o'rganilgan yangi tajriba va bilimlar manfaatli bo'lgani aniq. Umid qilamizki, talabalarning darsdan tashqari bo'shvaqtlarini samarali o'tkazishga ulkan hissa qo'shadigan bu kabi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yana ko'plab tashkil etiladi.

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi.