November 15, 2024

“O’zbekiston bayrog’i- mustaqillik ramzi” 

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi f.f.f.d.(PhD) M.X.Jabbarova va 11-1FRA-22, 11-2FRA-22, 11-3FRA-22 guruh talabalari tomonidan 2024 yil 16-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “O’zbekiston bayrog’i- mustaqillik ramzi” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Davra suhbatida M.X.Jabbarova O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan ushbu qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgandir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Birlashgan Millatlar Tashkiloti, davlatimizning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari peshtoqida, sport musobaqalarida, xalqaro anjumanlarda, umuman, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda!

O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonuni 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan va shundan buyon har yili 18-noyabr kuni Davlat bayrog'i qabul qilingan kun sifatida yuritimizda nishonlanadi. Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.
Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga davlat ramzlari o’z aksini topgan.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining timsoli bo'ladi.

Davra suhbatida Xorijiy tillar fakulteti Yoshlar bilan ishiash bo’yicha dekan muovini A.A. Jumayev va Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Sh.D.Xolovalar ishtirok etib, O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirb o’tdilar.

O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i - bayroqning butun uzunligi bo'ylab o'tgan to'q moviy rang, oq rang va to'q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi mato hisoblandi.

Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo'lib kelgan. Mustaqil davlatimiz bayrog'i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug' kelajagimizga bo'lgan ishonchimiz timsolidir. Davra suhbati talabalarda juda katta taassurot qoldirdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.