Tarixiy obidalar bo'ylab sayyor dars tashkil qilindi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi R.R.Radjabov hamrohligida Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) ta'lim yoʻnalishi 11-1 FRA -22 guruh talabalari bilan 2024 yil 7-dekabr kuni Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanidan Buxoroning Eski shahar qismidagi qadimiy tarixiy obidalar bo'ylab sayyor dars tashkil qilindi.
Buxoroyi sharif bo'ylab qilingan sayohat talabalarda katta hayajon va unutilmas taassurot qoldirdi, yurtimizga tashrif buyurayotgan turistlar oqimi ham ular uchun jonli tajriba maydonchasi bo’lib xizmat qildi. Dars davomida talabalar qadimiy obidalar haqidagi ma’lumotlarni bayon qildilar. Dars so’ngida o’qituvchi tomonidan talabalarga o’zbek hamda fransuz tilida qo’shimcha qiziqarli ma’lumotlar berildi. Oʻylaymizki, bunday sayyor darslarning olib borilishi ularning kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida oʻzining ijobiy natijasini ko’rsatadi.