Ma'rifat soati o'tkazildi.
2026-yil 13-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir!" mavzusida navbatdagi ma'rifat soati o'tkazildi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda milliy armiyamizning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Yangi O‘zbekiston Armiyasi – bu nafaqat mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlovchi kuch, balki xalqimizning faxri, Vatanga sadoqat va yuksak g‘ururning yorqin timsolidir.
Yangi O‘zbekiston Armiyasi – xalq bilan hamnafas, yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir. Bugun armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashib, tinchligimiz va osoyishtaligimizni ta’minlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatmoqda. Harbiy xizmat – bu mardlik, jasorat, intizom va vatanparvarlik maktabidir.