"Les rendez-vous" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.Â
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi, f.f.f.d.(PhD) N.Sh.Jo'rayeva tomonidan 2024 yil 13-dekabr kuni Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi III-bosqich 11-2 FRA-22 guruh talabalari bilan Gapirish va tinglab tushunish ko'nikmalari fanidan " Les rendez-vous" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Darsda rasmiy va norasmiy uchrashuvlar haqida so'z yuritilib, fransuz xalqiga xos bo'lgan jihatlar, jumladan mazkur holatlarda qo'llaniladigan so'z va iboralarga alohida e'tibor qaratildi. Dars mobaynida talabalarning og'zaki nutqini o'stirish uchun turli-xil metodlardan foydalanildi. Dars "Mise en scène" metodidan foydalangan holda boshlandi. Dars jarayonida talabalar ikki guruhlarga bo’linib musobaqa tarzda o’tkazildi. Mavzuga doir turli video va audio materiallardan unumli foydalanilgan holda mavzu yoritib berildi. Dars vaqtida, to’rtta (lire, écouter, parler, écrire )til ko’nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasidan f.f.d.(Dsc) O.I.Adizova, f.f.d.(Dsc) M.X. Xamidova, M.X.Tairova Sh.D.Xolova, F.S.Nasimova kabi professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.