« Jean-Paul Sartre : sa vie et son œuvre » mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
2026-yil 4-mart kuni Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi huzurida kafedra o‘qituvchisi N.N.Abdullayeva tomonidan Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanidan 11-1FRA 23 guruhi bilan birgalikda ochiq seminar darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot mavzusi «Jean-Paul Sartre : sa vie et son œuvre» («Jan-Pol Sartr : hayoti va ijodi ») bo‘lib, dars jarayonida murakkab va serqirra shaxs (faylasuf, yozuvchi, dramaturg) hayoti va ijodini o‘rganish shunchaki ma’lumot olish emas, balki talabalarni ekzistensializm falsafasi ustida fikr yuritishga undadi. Talabalar Sartr qahramonlarining ruhiy holati va tanlovlarini huquqiy yoki axloqiy nuqtai nazardan baholashga harakat qildilar.
Darsda « Insert » (Tushunchalar tahlili) metodidan samarali foydalanilgan holda talabalarning Sartr asarlari va falsafiy qarashlari haqidagi bilimlari tizimlashtirildi. Talabalar “Sartr talqinida erkinlik – baxtmi yoki jazo?” g‘oyasi asosida o‘z nuqtai nazarlarini himoya qildilar, uni zamonaviy ijtimoiy munosabatlar kontekstida tahlil qilishdi.
Dars mobaynida Sartr ijodini tushunish maqsadida uning “Borlik va yo‘qlik” (“L’Être et le néant”) asaridagi murakkab terminlarni oddiy hayotiy misollar bilan bog‘lashga harakat qilindi. Shu jumladan, “O‘zi uchun mavjud bo‘lish” va “O‘zgalar uchun bor bo‘lish” tushunchalarining tahlili darsning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minladi.
Mashg’ulotni kafedra professor-o‘qituvchilari tahlil qilishdi.