Ilmiy parvozning muhim pallasi: Lingvistika (fransuz tili), Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi magistrantlarining dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 10-iyun sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetining Lingvistika (fransuz tili, nemis tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari o‘zlarining ikki yillik ilmiy-tadqiqot ishlari mahsuli bo‘lgan magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Himoya ishlari Davlat attestatsiya komissiyasi raisi, a’zolari, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda nufuzli ekspertlar ishtirok etgan ushbu himoyada magistrantlar zamonaviy tilshunoslik, fransuz va nemis tili leksikologiyasi, grammatikasi, tarjimashunoslik muammolari hamda lingvokulturologiyaga oid dolzarb mavzulardagi tadqiqotlarini taqdim etdilar.
Ilmiy kengash raisi A.Maxmudov yakuniy nutqida magistrantlarning ilmiy salohiyatini yuqori baholab, ularning kelgusi ilmiy faoliyatlariga, xususan, doktorantura (PhD) bosqichida tadqiqotlarini davom ettirishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Barcha bitiruvchi magistrantlarimizni ushbu yuksak marra bilan tabriklaymiz va kelgusi pedagogik hamda ilmiy faoliyatlarida zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!